Seşanba kunining ikkinçi yarmida (Amerika vaqti bilan) AQŞ Senati sudga aylanadi. Sobiq prezidentga ayblov Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi tomonidan tanlangan töqqiz nafar demokrat kongressmen tomonidan ilgari suriladi.

25 yanvar kuni ular sobiq prezidentga ayblov moddasini rasman Senatga taqdim etişgan. Şundan söng, yuqori palatadagi demokratlar yetakçisi Çak Şumer va respublikaçi senatorlar yetakçisi Mitç Makkonnell Trampning huquqşunoslariga sobiq prezidentga ayblovlarni rad etişga tayyorlaniş uçun qöşimça vaqt berişga kelişişdi.

Kongressdagi demokratlar «Oq uyning sobiq rahbari sodir etgan jinoyat» tavsiflangan 80 sahifadan iborat hujjat Senatga 2 fevraldayoq yuborilgandi. Olti kun ötib, 8 fevral kuni Trampning vakillari öz pozitsiyalarini taqdim etişdi. Huquqşunoslar öz vakolatlarini topşirib bölgan prezidentning impiçmenti konstitutsiyaga zidligini, Oq uy sobiq rahbarining tarafdorlarini saylov natijalarini tan olmaslikka va «oxirigaça kuraşiş»ga çaqirişi AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan birinçi özgartiriş bilan himoyalanganini ta'kidlaşgan.

Duşanba kuni sobiq prezidentning advokatlari kongressmenlar tomonidan taklif qilingan şartlar töla qoniqtirişi va sudda öz pozitsiyalarini himoya qilişga tayyorliklarini bildirişdi.

«Bu jarayon jismoniy şaxsga impiçment e'lon qilişga urinişni nima uçun absurd va konstitutsiyaga zid deb hisoblaşimizni senatorlarga tuşuntirişga imkon beradi», deyilgan huquqşunoslar Bryus Kastor va Devid Şon tomonidan imzolangan maktubda.

Jarayon qança vaqt oladi?

Amerikaning sobiq prezidenti tarafdorlarini isyonga da'vat qilganlikda ayblanmoqda

Senatdagi eşituvlar Vaşington vaqti bilan seşanba kuni soat 13.00da (Toşkent vaqti bilan 23.00) boşlanadi. Tomonlarga öz pozitsiyasini asoslaş uçun çiqiş qilişiga tört soatdan vaqt ajratiladi. Şundan söng palatada ovoz beriş jarayoni bölib ötadi, uning yakunida Senatda lavozimini tark etib bölgan prezidentga qarşi ayblovni körib çiqiş uçun asos bor-yöqligi aniqlanadi.

Senatda jami 100 nafar kongressmen bölib, qaror qabul qilinişi uçun şunçaki köpçilikning ovozi yetarli böladi - kamida 51 ovoz.

Agar eşituvni ötkaziş haqida qaror qabul qilinsa, çorşanba kuni tomonlar öz pozitsiyalarini ifodalaş uçun 16 soatdan vaqtga ega bölişadi. Protokolga köra, dalillarni taqdim etiş uçun bir kunda sakkiz soat ajratilgan, tomonlar öz argumentlarini keltiriş uçun ikki kundan ortiq vaqt sarflay olmaydi.

Şundan söng senatorlarga tört soat vaqt beriladi, bu vaqt mobaynida ular ayblovçi tomon va himoyaçilarga savollar berişlari mumkin, keyin yana tört soat davomida kongressmenlar iş böyiça qöşimça dalillar va guvohliklarga ehtiyoj bor yöqligini hal qiliş uçun muhokama ötkazişadi.

Bungaça ayblovçi tomon vakillari guvohlarni çaqirişdan ma'no yöqligini aytib ötişgandi: 6 yanvar kuni Kapitoliyda bölgan senatorlarning barçasi şu kuni impiçment masalasini körib çiqişayotgan bölişadi, ular şundoğam Trampning ayblanişiga sabab bölgan Senat binosiga hujumning töğridan töğri guvohlari hisoblanişadi.

Avvalroq Trampning advokati Devid Şoen yahudiylar bayrami munosabati bilan juma kuni keçqurundan şanba kuni keçqurungaça tanaffus e'lon qilinişini söragandi, ammo u hafta boşida öz sörovini qaytib oldi va jarayon öz vaqtida davom etadigan böldi.

Trampni kimlar himoya qilmoqda?
Eşituvlar boşlanişiga bir hafta vaqt qolganida impiçment jarayonida Trampning manfaatlarini ifodalaşi kerak bölgan yuridik jamoa iste'foga çiqdi. Advokatlar Devid Şoen va Bryus Kastor ularning örniga jarayonda iştirok etişga rozilik bildirişgan.

Kastor öz vaqtida Pensilvaniya ştati okrug prokurori sifatida işlagan, 2005 yilda jinsiy zöravonlikda ayblangan taniqli aktyor Bill Kosbiga ayblov e'lon qilişga rozi bölmaganidan keyin maşhurlikka erişgandi.

Şoen Trampning yaqin dösti Rojyer Stounning yuridik maslahatçisi bölgan, şuningdek, voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qiliş böyiça ayblov jarayoni yakunini kutayotib qamoqda öz joniga qasd qilgan moliyaçi Jyeffri Epşteynga işlagan.

Tramp körsatma berişga çaqirilişi mumkinmi?
4 fevral kuni Merilend ştatidan bölgan kongressmen-demokrat, impiçment jarayonida ayblovçilar guruhiga rahbarlik qiladigan Jyemi Raskin sobiq prezidentga rasmiy murojaat yöllab, uni Senatdagi eşituvlar vaqtida qasamyod qabul qilib, çiqiş qilişga taklif etgandi. U sobiq prezidentning guvohlik berişdan ehtimoliy boş tortişini uning aybdorligi isboti sifatida qabul qiliş huquqiga egaliklarini aytgandi.

Trampning maslahatçisi Jyeyson Miller u impiçment jarayoni doirasida AQŞ Kongressida körsatma bermasligini ma'lum qildi. Trampning advokatlari ayblovçilarning jarayon doirasida sözga çiqiş sörovini «piar hiyla» deb atadi. «Siz aniq bilganingizdek, bu nokonstitutsion jarayon şunçaki qandaydir salbiy natijalarga olib kela olmaydi», dedi huquqşunoslar. Ularning sözlariga köra, kongressmenlar özlarining Trampga qarşi ayblovlarini isbotlay olmaydi, «impiçment jarayonini ötkaziş maqsadida konstitutsiyadan foydalaniş esa bunday öyinlarni öynaş uçun öta jiddiy iş».

Tramp qoralanişi mumkinmi?

Kapitoliy binosidan körinib turadigan milliy xiyobonda turgan yuk maşinalariga Trampni qöllab-quvvatlovçi yozuvlar bitilgan

Öz vaqtida Merilenddagi universitetlardan birida huquqşunoslikdan dars bergan kongressmen Raskin Senat sobiq prezidentni tarafdorlarini isyonga undagani uçun qoralaşga haqli ekaniga işonçi komil. Vaşingtondagilar 6 yanvar voqealariga aynan şunday qaramoqda.

«Har kim tuşunişi kerakki, sen prezidentligingning sönggi haftalarida qilgan işlaring uçun javobgar bölmasang, bu juda xavfli pretsedent yaratadi», deya hisoblaydi kongressmen.

Şu bilan birga, Amerika poytaxtidagilar Trampning ikkinçi impiçmenti uning qoralanişi bilan yakunlanişiga işonqiramayapti. Bunday qaror qabul qilinişi uçun Senatda demokratlarni kamida 17 nafar respublikaçi ham qöllaşi talab etiladi.

Sobiq prezidentga impiçment qonuniyligi borasida ötkazilgan ovoz beriş jarayonida Trampga qarşi ayblovni faqat beş nafar respublikaçi qöllagandi. Aftidan, kuçlar nisbati impiçment jarayoni vaqtida ham özgarmaydi.

Agar Senat baribir sobiq prezidentga qarşi ayblovni qöllab-quvvatlasa, keyingi qadam Trampga har qanday davlat amalini egallaşni taqiqlaş masalasini ovozga qöyiş böladi. Bunday qaror qabul qilinişi uçun esa şunçaki köpçilikning ovozi yetarli böladi.