Tashkent INDEX – zamonaviy savdo va ishlab chiqarish majmuasi. Bu tijorat maydonlarining tashkil etilishiga yangicha nigoh bo‘lib, undan rivojlangan transport infratuzilmasi, hordiq maskanlari hamda asosiysi – qulay savdo maydonlari va ishlab chiqarish hududlari o‘rin oladi.

Tashkent INDEX loyihasi aqlli bozor konsepsiyasiga asoslanadi va tadbirkorlar hamda xaridorlar uchun barcha zarur imkoniyatlar bir hududda joylashishini ta'minlaydi.

Ishlab chiqarish zonasi va logistika markazi

Tashkent INDEX hududida maydoni 511 dan to 1283 m² gacha bo‘lgan 120 ta binolar joylashadi va u yerda tadbirkorlarning mahsulot ishlab chiqarishlari, ofis tashkil etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shu bilan birga, Tashkent INDEX hududida milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorlarga chiqishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Eksport salohiyatini rivojlantirish maqsadida logistika markazi ko‘zda tutilgan. Bu yerda boshlang‘ich jamlash, qayta ishlash, saqlash va yuklarni taqsimlash ishlari amalga oshiriladi. Logistika markazi yaqinida joylashgan katta yuk avtomobillari bazasi evaziga tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonning barcha viloyatlariga hamda qo‘shni mamlakatlarga yuborishlari mumkin.

Savdo zonasi

Majmuaning savdo zonasida maydoni 18 dan to 68 m² gacha bo‘lgan do‘konlar yaratilib, ularda turli mahsulotlar: xo‘jalik mollari, oziq-ovqatdan boshlab kosmetika buyumlari va qurilish mollarigacha bo‘lgan mahsulotlar savdo qilinishi rejalashtirilgan.

Savdo zonasi bu kabi bo‘linishi Tashkent INDEX hududida tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadini ko‘zlagan holda amalga oshirilgan.

Qo‘shimcha qulayliklar

Tashkent INDEX hududida biznes yuritish va xaridlar uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Xususan, tadbirkorlar va tashrif buyuruvchilarning qulayliklari uchun quyidagi xizmatlar ko‘zda tutilgan: