8 fevral kuni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi boşqaruv kadrlar uçun videokonferensaloqa tarzida yiğiliş ötkazilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiolarga köra, yiğilişda vazir Abduqodir Toşqulov iqtidorli talabalar uçun ta'sis etilgan nomdor stipendiyalar saralaşidagi korrupsion holatlar va qarindoş-uruğçilik aloqalari borasida jiddiy tekşiruvlar boşlanişi haqida ham gapirgan.
«Bugun (8 fevral kuni – tahr.) 100 mingdan ortiq a'zosi bölgan kanalda Guliston davlat universitetiga tegişli bir xabar çiqdi. «Tarix takrorlanmoqda. Olaveringlar, yeyaveringlar», deb boşlanadi xabar.
Unga köra, talabalardan biri şu universitetda nomdor stipendiyaga ega çiqqan deyarli barça talabalar universitet rahbariyatining farzandi yoki qarindoşi ekani haqida yozgan.
Men tört kun oldin Guliston davlat universitetida ijro apparati boşliğiga topşiriq bergandim. U universitetdagi nomdor stipendiantlarning obektivka ma'lumotnomasini kadrlar bölimi boşliğiga tasdiqlatib, menga berişi kerak edi. Qarang, şu topşiriqni bugungi xabar çiqişini bilgandek bergan ekanman. Xudo könglimga solgan ekan. Men endi bu xabarni özim borib tekşiraman», – degan vazir.
Abduqodir Toşqulovning aytişiça, 8 fevral kuni unga Toşkent davlat pediatriya tibbiyot institutidan ham şu mazmunda murojaat bölgan.
«Ibn Sino stipendiyasiga ötgan tanlovlarda adolatsizliklar bölgani haqida menga murojaat böldi. Murojaat qilgan bolani körsangiz, u vunderkind. Ustozi bilan vazirlikka kelgan. Hammasini bayon etib berdi u.
Bugun topşiriq beraman. Nomdor stipendiantlar böyiça Boş prokuraturaga vazirlik xati qilinadi.
Prokuratura barça stipendiantlarning universitetlar rahbariyatiga aloqadorligi, taniş-bilişçilik holatlarini tekşirib beradi», degan u.
Vazirning eslaşiça, u Termiz davlat universitetida rektor sifatida iş boşlaganida universitet kassasida kamomadlar juda köp bölgan.
«Bir ogohlantirdim, ikki ogohlantirdim, bölmadi. Şundan keyin holatni özim prokuraturaga yozib berdim. Tekşiruvlarda 60 million kamomad aniqlandi. Şu bilan iqtisodiy kamomadlar yöqoldi. Prokuratura barçasini tölattirdi. Jarima soldi.
Buni ham prokuratura aniqlab bersin. Agar men tayinlanganimdan keyin ham şunday taniş-bilişçilik aniqlansa, hamma javob beradi. Oliy ta'limda bölsa oliy ta'lim, vazirlik bölsa vazirlik.

















