Markaziy univermag yonida, «Moviy gumbazlar» nomi bilan atalib kelinadigan bog‘ – poytaxt markazidagi eng serdaraxt xiyobonlardan. Bu yer uch yil oldin obodonlashtirilgan edi.
Xiyobonning o‘ziga xosligi – u turli attraksionlar joy olgan sershovqin park emas. Bog‘ – ko‘plab daraxtlar, maysazor, sayr yo‘laklari va o‘rindiqlar, ovqatlanish va muzqaymoq shoxobchalari, kitob do‘konlari bir joyda jamlangan, osuda hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan poytaxtdagi kam sonli maskanlardan.





Poytaxt rasmiylari mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlab barpo etiladigan «Istiqlol» majmuasi uchun shu bog‘ hududini tanlagani jamoatchilik e'tirozini uyg‘otdi.
Hokimlik bog‘dagi daraxtlar himoya qilinishiga va'da beryapti, lekin faol fuqarolar so‘nggi yillardagi «daraxtlar genotsidi»dan shunchalik yurak oldirishganki, hokimiyatning va'dasi ularni ishontira olmayapti.
Boz ustiga, rasmiylar majmua uchun joy tanlashda nega shaharning haqiqiy egalari – aholi fikrini inobatga olmagani borasida sukut saqlashmoqda.
Hokimlik majmua loyihasi bo‘yicha tanlov e'lon qilganidan ko‘p o‘tmay, bir guruh faol fuqarolar «Moviy gumbazlar»ni saqlab qolish uchun petitsiya boshladi.

«Biz ushbu maskan o‘z holatida qoldirilishi uchun ovoz beramiz.







































