Yevroparlament Belarus AESi faoliyati töxtatilişini talab qildi. YePning Bryusselda bölib ötgan sessiyasida tegişli rezolyutsiya qabul qilindi.

Xabar berilişiça, hujjatni 642 nafar deputat qöllab-quvvatlagan, 29 deputat qarşi ovoz bergan va 21 nafari betaraf qolgan.

"Yevroparlament deputatlari Ostrovsadagi Belarus atom elektr stansiyasining xavfsizligi borasidagi jiddiy xavotirlar sababli uning faoliyati töxtatilişini talab qiladi", – deyiladi tavsiyaviy tusdagi rezolyutsiyada.

Yevrodeputatlar AES YeI va MAGATE ekspertlarining tavsiyalari töliq bajarilmasdan turib elektr energiyasi işlab çiqarişni boşlaganini ta'kidlagan.

BelAESning birinçi bloki ötgan yilning 3 noyabr kuni Belarus yagona energiya tizimiga ulangan, 7 noyabrda uning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötgandi.

9 noyabr kuni AES elektr energiyasi işlab çiqarişni töxtatdi. Bunga texnik tusdagi muammolar sabab bölgan. Xabarlarda aytilişiça, kuçlaniş transformatori işdan çiqqan.