IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi ötkazgan dastlabki örganiş natijalariga köra, mahkum F.Mayunusovga manzil-koloniyada jazoni ötaş şartlari, mahkumlarning huquq-majburiyatlari, muassasa ma'muriyatining qonuniy talablarini bajariş va internet tarmoğiga ulanuvçi, video va ovoz yozişga möljallangan uyali aloqa vositasidan foydalaniş mumkin emasligi tuşuntirilgan bölsa-da, u içki tartib qoidalarga amal qilmasdan, «Samsung Galaxy Note 5» markali telefondan foydalangani aniqlangan.
Şu sabab bilan u manzil-koloniya boşliğining qarori asosida intizomiy jazoga tortilgan.
«Mahkumning yaşirin tarzda foydalangan uyali aloqa vositasi xotirasida aniqlangan diniy mazmundagi materiallarni Özbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan yoki taqiqlanmaganiga aniqlik kiritiş maqsadida sudga oid dinşunoslik ekspertizasi tayinlanib, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaga yuborilgan.
Mahkum F.Mayunusovdan uyali aloqa vositasini xodimlar tomonidan rasmiylaştirib olinişi hamda intizomiy bölinmaga kiritiş jarayoni bilan boğliq suriştiruv işlari vaqtida, unga koloniya xodimlari tomonidan heç qanday ruhiy va jismoniy tazyiq ötkazilmaganini öz tuşuntiriş xatida ma'lum qilgan.
Şuningdek, birlamçi tibbiyot tekşiruvi natijasiga köra, uning badanida biror-bir tan jarohati izlari aniqlanmagan», – deyiladi IIV axborotida.
Avvalroq, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) matbuot xizmati mahkumga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanganini ma'lum qilgan edi.
IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, jazoni ijro etiş tizimidagi muassasalarda jazo muddatini ötayotgan şaxslar, sodir qilgan jinoyatidan qat'i nazar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, ulardan rejim talablariga rioya qiliş birdek talab qilinadi.
Muassasalarda örnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmay, tartibbuzarlik sodir qilgan mahkumlarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 105-moddasi talablari asosida intizomiy jazo çoralari qöllaniladi.
«Şu örinda ta'kidlab ötiş kerakki, OAVda e'lon qilingan «Ohangaronda mahbusni mayor va operlar kaltakladi» sarlavhali maqolada 48-son manzil-koloniyada jazo muddatini ötayotgan mahkum F.Mayunusovga nisbatan tazyiq bölganiga urğu berilgan. Hozirda muassasa ma'muriyatiga nisbatan tuhmat qiliş va yolğon xabarlarni tarqatiş sabablari tekşirilmoqda. Jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlarning huquq va erkinliklari muhofazasi doimiy ravişda prokuratura organlari hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) tomonidan nazorat qilinadi»,












