Norma’ning yozişiça, hujjatda mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasining qöşimça vazifalari belgilandi. Ular jumlasiga quyidagilar kiritildi:
- iqtidorli va istiqbolli davlat xizmatçilarini izlab topiş, tanlaş va rağbatlantiriş;
- yangi avlod kadrlarini şakllantiriş va ularni davlat xizmatiga jalb etişga kömaklaşiş;
- xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda davlat xizmati va ta'lim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan ilmiy-amaliy tadbirlar taşkil etiş;
- xorijiy ta'lim, ilmiy va boşqa taşkilotlar, olimlar va ekspertlar, şuningdek vatandoşlar bilan hamkorlikda onlayn platformalarga asoslangan masofaviy ta'lim dasturlari, öquv kurslari va boşqa ta'lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oşiriş.
Oçiq stipendiya tanlovlari asosida xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta'lim oliş dasturlari Jamğarmaning asosiy ta'lim dasturlari hisoblanadi. Dasturlar böyiça nomzodlarni saralaş tanlovi muntazam ravişda va Özbekistonning barça fuqarolari uçun ularning respublikadagi iş va öqiş joyidan qat'i nazar oçiq tarzda amalga oşiriladi. Jamğarma tomonidan vazirliklar, idoralar va taşkilotlarning töğridan töğri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori bölgan mutaxassisliklar böyiça stajirovkadan ötiş dasturlari taşkil etiladi.
Jamğarma ta'lim dasturlari böyiça nomzodlarning oçiq saralaş tanlovi quyidagi yönalişlar böyiça amalga oşiriladi:
- davlat va jamiyat boşqaruvi;
- qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq sohasi;
- ta'lim, soğliqni saqlaş va boşqa ijtimoiy soha tarmoqlari;
- iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari.
Jamğarma ta'lim dasturlari böyiça ta'lim olgan stipendiatlarga stipendiat bilan tuzilgan şartnomada belgilangan tartib hamda muddat mobaynida vazirliklar, idoralar va boşqa davlat taşkilotlari hamda davlat uluşi mavjud bölgan taşkilotlarda uzluksiz işlab beriş majburiyati yuklanadi. Stipendiat uzrsiz sababga köra ta'lim dasturlaridan çetlaştirilgan taqdirda yoki Jamğarma ta'lim dasturlari tugallanganidan söng mehnat faoliyatini davom ettirişdan boş tortgan hollarda, Jamğarma tomonidan stipendiatning ta'lim olişi uçun sarflangan barça moliyaviy xarajatlar u bilan imzolangan şartnoma şartlariga muvofiq stipendiat tomonidan qoplanadi.












