AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu bilan telefon orqali muloqoti çoğida Anqarani Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlaridan voz keçişga çaqirdi.

"Davlat kotibi Turkiyani Rossiyaning s-400 raketa tizimlarini özida qoldirmaslikka çaqirdi. Entoni Blinken Turkiya va Gretsiya örtasida davom etayotgan muzokaralarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi", - deyiladi AQŞ davlat departamenti xabarida.

Ikki mamlakat taşqi işlar vazirlari muloqoti haqida Turkiya taşqi işlar vazirligi ham xabar berdi. Vazirlikning xabariga köra, "ikki tomonlama munosabatlarning barça jihatlari", jumladan, Rossiya zenit-raketa tizimlari muhokama qilingan.

Turkiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarda sovuqçilik tuşişiga sabab bölgan S-400 tizimlari Turkiyaga 2019 yil iyuldan boşlab yetkazilgandi.

Vaşington Anqaraga uşbu bitimdan voz keçişni va Turkiyaga F-35 qiruvçi samolyotlari sotişni bekor qiliş va sanksiyalar kiritiş bilan tahdid qilib, S-400 örniga AQŞning Patriot majmualarini sotib olişni taklif qilgandi.

11 yanvar kuni Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati rahbari Ismoil Demir S-400 zenit-raketa tizimlari foydalanişga tayyor holga keltirilganini ma'lum qildi.