Toşkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmatining xabar berişiça, şu yilning 22 sentyabrida Özbekistonning Yaponiya davlatidagi elçixonasi "Aoikai medical corporation" kompaniyasi vakillari bilan uçraşib, ikki davlat örtasidagi strategik hamkorlik töğrisida bir neça takliflarni muhokama qilgan edilar. Bugungi uçraşuv ana şu maqsadli kelişuvning mantiqiy davomi bölgani aytiladi.
Toşkent tibbiyot akademiyasi bilan Yaponiyaning "Aoikai medical corporation" kompaniyasi örtasida imzolangan memorandum yaqin kelajakda tibbiyot akademiyasi yoşlariga kunçiqar mamlakatda öqiş va işlaş imkoniyatini beradi.
Uçraşuvda universitet prorektori Eryo Sosey, Ginnes Rekordlar kitobiga kirgan maşhur inson, suziş böyiça uç karra jahon çempioni Tyagaçi Nabutaka kompaniya töğrisida va özi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan örtoqlaşdi.

Toşkent tibbiyot akademiyasi talaba yoşlarining katta qiziqişiga sabab bölgan bu nufuzli korporatsiyaga 1978 yilda asos solingan. Asosiy faoliyati tibbiyot, ijtimoiy yordam va mehmonxona xizmatidan iborat.
Umumiy işçilari soni 15 mingdan ortiq kompaniyada ayni kunda 300 nafarga yaqin çet ellik fuqarolar işlaydi. Korporatsiya tarkibida 30 ta kasalxona, 81ta keksalarni parvarişlaş markazlari, 11 ta maktabgaça ta'lim muassasalari, yapon tili markazi, kollej va tibbiyot sohasiga ixtisoslaşgan universitetlar ham mavjud.

Bölib ötgan uçraşuvda talaba yoşlar uçun katta imkoniyat mavjudligi borasida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Xususan, yapon tilini biliş darajasiga qarab ular Yaponiyada öqiş uçun maxsus grant loyihalarida iştirok etişlari mumkin. Memorandum şartlariga köra, korporatsiya iqtidorli talabalarni 100 foizli grant asosida öqişga qabul qilişni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Dunyo miqyosida eng uzoq umr köruvçilar röyxatida turadigan yaponlar uçun ijtimoiy himoya tizimi va davlat dasturi işlab çiqilgan. Unga köra, çet eldan işga jalb etilayotgan tibbiyot xodimlari va yoş mutaxassislarga qariyalar va yakka yolğiz keksalarni parvarişlaş, ularga tibbiy yordam körsatiş işlariga taklif etiladi.













