“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Toşkent tibbiyot akademiyasiga Abu Ali ibn Sino nomini beriş haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Abu Ali ibn Sino bobomiz jahon tibbiyot fani rivojiga tamal toşini qöygan, uning bugungi rivoji uçun barça nazariy va amaliy asoslarni yaratgan olim sifatida butun dunyoga ma'lum. Hattoki, bugungi kundagi murakkab jarrohlik amaliyotlari va davolaş jarayonlari Ibn Sinoning körsatmalariga asoslangan holda ötkaziladi”, - deyiladi murojaatda. 

Bildirilişiça, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi tibbiyot ta'lim muassasalarida Abu Ali ibn Sinoga alohida e'tibor körsatilib, e'zozlanadi.

“Şu sababli, Toşkent tibbiyot akademiyasiga Abu Ali ibn Sino nomini berişni taklif qilamiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi.