Loyiha Migratsiya agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniyaning Aaxen universitet klinikasi hamda Şveytsariyaning Globogate Concept AG kompaniyasi hamkorligida amalga oşirildi.

Oçiliş marosimida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov, soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudoyorov, Toşkentdagi Germaniya elçixonasi — missiya rahbarining örinbosari Klemens Şvanhold, Capmont GmbH kompaniyasi boş direktori Armin Veibel, Aaxen universiteti klinikasi direktori Mario Hoben va boşqa xorijiy mehmonlar iştirok etişdi.

Oçiliş marosimida loyiha haqida batafsil ma’lumot hamda kutilayotgan natijalar taqdim etilib, akademiya bilan tanişuv taşkil qilindi.

Akademiya Germaniya va Özbekiston örtasidagi hamkorlikning yangi bosqiçi bölib, örta böğin tibbiyot mutaxassislarini Germaniya standartlari asosida tayyorlaş, ularning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş hamda mehnat migratsiyasi uçun yangi imkoniyatlar yaratişni maqsad qilgan.

Germaniya tibbiyot akademiyasi bitiruvçilari ikki davlat tomonidan tan olinadigan diplomga ega bölib, Germaniyada yuqori va barqaror maoş asosida hamşira sifatida iş boşlaş imkoniyatiga ega böladi.