Şahar hokimligi taqdim etgan videodan ma'lum bölişiça, Ortiqxöjayev şifoxonaning jonlantiriş va boşqa bölimlarida davolanayotganlarga şifo tilab, ularning soğayişi uçun barça çoralar körilişini aytgan.

Hokim muassasadagi şaroitlar, moddiy-texnik baza va dorilar ta'minoti bilan ham tanişgan, mutasaddilarga hokimlik doim yordamga tayyorligini bildirgan.

Eslatib ötamiz, Jahongir Ortiqxöjayev 16 iyul kuni şahar 1-son klinik şifoxonasi va tez tibbiy yordam xizmati dispetçerlik markaziga borgan edi.

Undan bir kun oldin, 15 iyulda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Toşkent şahri va viloyatida koronavirusga qarşi kuraşning holatiga bağişlab ötkazilgan videoselektorda Jahongir Ortiqxöjayev va Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovga hayfsan e'lon qilingan edi.