Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda meva va sabzavotlar eksporti 16,5 foizga kamaydi
2020 yilda O‘zbekiston qiymati 1 milliard dollarga teng bo‘lgan 1,5 million tonna meva va sabzavot maxsulotlarini eksport qilgan.
2020 yilning yanvar-dekabr oylari davomida O‘zbekiston qiymati 1 milliard dollarga teng bo‘lgan 1,5 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 199,1 million dollarga yoki 16,5 foizga kamaygan.
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, meva va sabzavotlar eng ko‘p eksport qilingan davlatlar:
- Rossiya – 255,4 million dollar;
- Qozog‘iston – 251,4 million dollar;
- Qirg‘iziston – 181,1 million dollar;
- Pokiston – 75,5 million dollar;
- Xitoy – 70,1 million dollar;
- Afg‘oniston – 49,4 million dollar.
Meva va sabzavotlar eksportida uzum eng katta ulushni egallagan. O‘tgan yil davomida qiymati 133,1 million dollarga teng bo‘lgan 140,5 ming tonna uzum eksport qilingan.
2020 yilda xorijga eng ko‘p meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar sifatida Toshkent (347,8 ming tonna), Farg‘ona (207,2 ming tonna), Samarqand (144,4 ming tonna) va Surxondaryo(132,4 ming tonna) viloyatlari qayd etilgan.
Ma'lumot uchun, 2020 yilda respublika umumiy eksportida meva va sabzavot mahsulotlarining ulishi 6,7 foizni tashkil etgan.
Avvalroq, 2020 yilda qiymati 8,6 million dollarga teng bo‘lgan 7,1 ming tonna limon va qiymati 48,6 million dollarga teng 97 ming 500 tonna xurmo eksport qilingani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:30 / 16.12.2025
Qozog‘istonda mol go‘shti eksporti cheklandi
12:57 / 15.12.2025
Xitoy O‘zbekistonni ortda qoldirib Qozog‘istonga meva-sabzavot eksport qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi
09:19 / 15.12.2025
Liyepaya va Klaypeda portlari orqali o‘zbek mahsulotlari Yevropaga yetkazilishi mumkin
07:32 / 15.12.2025