Özbekistonda ijtimoiy masofa saqlanişi va aholi töplanişining oldini oliş maqsadida bitta emlaş punktida bir kunda emlanadiganlar soni 70 nafargaça etib belgilandi. Bu haqda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Nurmat Otabekov AOKAda ötkazilgan brifingda ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, koronavirusga qarşi emlaş tadbirlari, respublikaga uşbu vaksinalarning yetib keliş muddati bilan boğliq. Hozirça bu muddat fevral oyining oxiri va mart oyining boşlari bölişi kutilmoqda.

«Vaksinalar miqdoridan kelib çiqib, aholining katta miqdorda töplanib qolişiga yöl qöymasdan, emlanişga kelgan aholi orasida ijtimoiy masofani saqlagan holda har bitta emlaş punktida bir kunda emlanadigan aholi soni 70 nafargaça deb belgilanmoqda. Koronavirusga qarşi emlangan şaxslar, patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan, emlangandan söng 30 daqiqa davomida, keyinçalik 3 kun davomida uyiga taşrif buyuriş yöli bilan muntazam suriştirib boriladi, ularning soğliği közdan keçirilib, hujjat bilan rasmiylaştiriladi.

Markazdan va aholi yaşaş punktlaridan uzoqda joylaşgan hududlar aholisini koronavirusga qarşi emlaşni amalga oşiriş maqsadida aholining borişi qulay, yaqin bölgan oilaviy şifokor punkti filiallarida ham vaqtinçalik emlaş punktlari taşkil qilinib, harakatdagi brigada-vraç, vaksinator va dublyorlardan iborat guruhlar faoliyati taşkil etilib, ular zarur avtotransport vositalari bilan taminlanadi», degan Nurmat Otabekov.

Koronavirusga qarşi emlaş jarayonlari ommaviy axborot vositalari orqali bevosita yoritib boriladi.

  • Bundan avvalroq Özbekistonda birinçi navbatda 4 milliondan ortiq kişi (keksa yoşdagilar, tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklari bor aholi, maktab öqituvçilari, maktabgaça ta'lim muassasasi xodimlari, qurolli kuçlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari) bepul emlanişi xabar qilingandi.
  • Bugun Respublika maxsus komissiyasi Özbekistonda «Sputnik V» vaksinasini qöllaşga ruxsat berilgani, uşbu vaksinadan 1 million doza xarid qiliş yuzasidan amaliy çoralar körilayotgani, şuningdek, xitoyliklar vaksinasidan ham 1 million doza sotib olinişi haqida ma'lum qildi.