Ilhom Muxtorov Davlat bojxona qömitasi raisining birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. 16 fevral kuni prezidentning şu haqdagi qarori imzolangan.

Ilhom Muxtoroviç Muxtorov şu kunga qadar qömitada Davlat bojxona qömitasi Xavflarni monitoring qiliş va baholaş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
U 2020 yil yanvarida prezident tomonidan «Şuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Davlat bojxona qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida 2019-2020 yillarda Anvar Asamov işlagan. U 2020 yil noyabrida Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosarligiga ötkazilgaç, DBQ raisi birinçi örinbosari lavozimi böş qolayotgandi.
















