Qayd etilişiça, köpçilik talaba-yoşlarning murojaatlari inobatga olinib, joriy yilning 17 fevral kunidan boşlab Samarqand viloyatining Tojikiston Respublikasi bilan çegaradoş bölgan Urgut tumanida joylaşgan «Jartepa» çegara bojxona postidan talabalarning harakatlanişi uçun ruxsat berilgan.

Ta'kidlanişiça, pandemiya sababli şu kunga qadar talabalar Tojikistonga faqat «Sariosiyo», «Oybek» va «Plotina» çegara ötkaziş punktlari orqali harakatlanişi mumkin edi. Masofaning uzoqligi öz navbatida ayrim talabalarga qiyinçilik tuğdirayotgan edi.

Ma'lumot uçun, «Jartepa» çegara bojxona posti orqali hozirça faqat Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining eksport-import operatsiyalarini amalga oşirişlari, şuningdek, xalqaro yuk taşuvçilarning yuk avtotransport vositalari hamda talabalar harakatlanişi belgilangan.