The Sankei News naşrining xabar berişiça, Yaponiyaning yolğizlik va yakkalaniş masalalari böyiça vaziri Tetsusi Sakamoto Demokratik partiya vakili Yuiçiro Tamaki bilan uçraşib, uşbu masalani muhokama qilgan.
Sakamoto yolğizlik masalalari böyiça maxsus bölim taşkil etilişi haqida 16 fevralda ma'lum qildi. Bölim joriy hafta oxirigaça taşkil etiladi. Uning tarkibiga soğliqni saqlaş, mehnat va ijtimoiy ta'minot hamda ta'lim, sport, fan va texnologiyalar vazirliklarining 10 xodimi kiradi.
Ular mamlakatda öz joniga qasd qiliş holatlari sonining oşişi va koronavirus pandemiyasi ortida yanada çuqurlaşayotgan bolalar örtasidagi noçorlik masalalarini hal qiliş bilan şuğullanişadi.
Kyodo axborot agentligining xabar berişiça, Yaponiyada 2020 yilda 11 yil içida birinçi marta öz joniga qasd qilişlar soni oşdi.
12 fevralda Yaponiya boş vaziri Yosixide Suga mamlakatda yolğizlik va yakkalaniş masalalari böyiça vazirlik paydo bölişini e'lon qildi. Uşbu vazirlikka hududlar faoliyatini tiklaş masalalari böyiça vazir Tetsusi Sakamoto rahbar etib tayinlandi. U bir vaqtning özida ikki vazirlikni boşqaradi.

















