Ta'kidlanişiça, 2020 yilda ombudsman nomiga Özbekiston fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bölmagan şaxslar, jamoat taşkilotlari va boşqa yuridik şaxslardan 14 975 ta murojaat kelib tuşgan.
Murojaatlarning 33,5 foizi inson va fuqaroning şaxsiy huquq hamda erkinliklariga, 37,3 foizi ijtimoiy, 25,3 foizi iqtisodiy, 3,0 foizi siyosiy va 0,7 foizi ekologik huquqlarga tegişlidir.
2020 yilda ombudsman parlament nazorati sub'yekti sifatida 4 486 ta murojaatni körib çiqişni öz nazoratiga olgan hamda ular böyiça davlat va jamoat taşkilotlariga 4 987 ta sörov yuborgan.

Ombudsman Feruza Eşmatovaning ma'lum qilişiça, murojaatlarni körib çiqiş natijasida taşkilotlarning qarorlari, ular mansabdor şaxslarining harakati yoki harakatsizligi ustidan şikoyatlar 1250 ta holatda asosli bölib çiqqan.
Murojaat etuvçilarning dalil-isbotlari 625 ta holatda öz tasdiğini topmagan, 1848 ta holatda taşkilotlar va ular mansabdor şaxslarining qarorlari qonun hujjatlariga muvofiq bölib çiqqan hamda murojaat etuvçilarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlari buzilmagani aniqlangan. Körib çiqiş uçun qabul qilingan murojaatlarning 763 tasi ayni paytda örganilmoqda.
Ombudsmanga kelib tuşgan 7 946 ta murojaat taalluqliligiga köra davlat organlari, korxonalar, taşkilotlar, muassasalar va mansabdor şaxslarga yuborilgan. 2543 ta murojaat yuzasidan amaldagi qonun hujjatlari normalariga oid tuşuntirişlar va bu murojaatlarda kötarilgan muammolarni hal etişga doir tavsiyalar berilgan.
Qayd etilişiça, Ombudsman huzurida milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat körsatuvçi jamoatçilik vakillaridan iborat Ekspert guruhi 2020 yil davomida qamoqda saqlaş joylarida 76 ta monitoring taşriflari amalga oşirgan.
Xususan, monitoring taşriflarining 42 tasi jazoni ijro etiş muassasalarida (16 tasi manzil-koloniyalarda va 26 tasi jazoni ijro etiş koloniyalarida), 9 tasi vaqtinça saqlaş hibsxonalarida, 8 tasi içki işlar bölimlarida, 6 tasi tergov hibsxonalarida, 5 tasi maxsus qabulxonalarda, 2 tasi reabilitatsiya markazlarida hamda 4 tasi karantin markazlarda bölib ötgan.
2020 yilda ötkazilgan monitoringlarning 10 tasi karantin çeklovlari kuçaytirilgan vaqtda amalga oşirilgan.

















