Davlat soliq qömitasining «Lozim darajadagi ehtiyotkorlik» tizimi orqali ma'lum qilingan 396ta şubhali korxonalar bilan aloqada bölgan 2960ta korxona, dastlabki tekşiruv natijalariga köra, soliq xavfi past bölgani uçun hisobraqamlariga kiritilgan inkasso topşiriqlari joriy yil birinçi martiga qadar bekor qilindi. Bu haqda 17 fevral kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida DSQ departamenti direktori Xurşid Bozorov ma'lum qildi.

«Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda bölgan voqealarga kelsak, dastlabki kameral natijasida, tegişli özgartirişlar kiritiş yuzasidan 3-5 fevral kunlari 396ta şubhali korxonalar va ularning 8536ta kontragentlariga xabarnomalar jönatilgan edi. 

Şundan söng xabarnomaga javob bergan 589ta korxona öz hisobotiga tegişli tuzatişlar kiritib, 30,2 milliard söm qiymatda qayta hisobot taqdim etdi. Şularning 141tasi 5,4 milliard sömga asoslar taqdim etdi va DSQ tomonidan bular inobatga olindi.

Şubhali korxonalar bilan moliyaviy aloqada bölgan, lekin soliq xavfi yuqori bölmagan 2960ta sub'yektlarning bankdagi hisobraqamlaridan joriy yilning 1 martiga qadar inkasso topşiriqlari vaqtinça qaytarib olindi», – dedi DSQ departamenti direktori.

Ta'kidlanişiça, inkasso topşiriği qaytarib olingan korxonalar belgilangan muddatgaça QQS hisoblaşda noqonuniy harakatni amalga oşirmaganini tasdiqlovçi qöşimça hujjatlarni taqdim etişi söraladi.

Ma'lum qilinişiça, tezkor ötkazilgan kameral soliq tekşiruvi 122ta korxonada yakunlangan, şundan 117tasi, ya'ni 96 foizida şubhali operatsiyalar öz tasdiğini topib, 5 milliard söm soliqlar qöşimça hisoblangan.

Avvalroq «obnalçilar» mojarosi tufayli Toşkent şahar soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari işdan olingani ma'lum qilingan edi.

Şuningdek, DSQ tomonidan «obnalçi firmalar» bilan kuraş boşlangani , undan oldin «obnalçilar» mojarosi yuzasidan tadbirkorlarning noroziligi haqida