«Ezgu amal» jamoat fondining yillik hisobot taqdimotida joylarda örnatiladigan xayriya qutilaridagi mablağning bemorlarga yetib borişi jarayoni haqida ma'lumot berildi.
Fond vasiylar kengaşi a'zosi Alime Jalilovaning tuşuntirişiça, xayriya qutilari köngillilar iştirokida oçiladi, mablağ bank orqali «Ezgu amal» jamoat fondi hisobiga ötkaziladi.
«Barça xayriya qutilari fond va quti örnatiladigan hudud (dökon, taşkilot) egasi bilan kelişuv asosida joylaştiriladi. Qutilar odamlar köp jamlanadigan va köz tuşadigan joyga qöyiladi. Quti oldida kamera örnatilgan bölib, doimiy nazorat olib boriladi.
Qutilarda mablağ yiğilgaç, ularni oçiş jarayonida volontyorlar va barça xohlovçilar iştirok etişadi. Pul odamlar oldida sanaladi. Misol uçun, supermarketda istalgan mijoz bu jarayonga qöşilişi va sanaşga yordam berişi mumkin. Bir söm ham nazardan qoçirilmasligi uçun tangalar ham sanaladi. Bu maqsadda fond tomonidan tanga sanovçi maşina ham xarid qilingan.
Pullar sanalgaç, dalolatnoma tuziladi. Fond va quti joylaşgan hudud vakillari imzo qöygaç, inkassatorlar yoki yaqin oradagi bank xodimlari kelişadi. Ular bilan ham kelişuv imzolanadi va pul fond hisobraqamiga ötkaziladi. Qutilar yana plombalab qöyiladi», – dedi fond vakili.
Bildirilişiça, 2020 yilda korzinka.uz tarmoği supermarketlarida joylaştirilgan xayriya qutilari orqali 1 mlrd söm jamlangan. Mazkur mablağ «Ezgu amal» fondi orqali onkologik kasalliklar taşxisi qöyilgan bolalarga yordam uçun yönaltirilgan.
Ma'lumot uçun, 2018 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan «Ezgu amal» fondi homiylik mablağlari asosida 8 mlrd sömdan ortiq qiymatda bemorlarga yordam körsatgan. Şundan 800 mln sömi aynan dori-darmon xarajatlariga sarflangan.
Bundan taşqari, bemorlarning davolaniş uçun xorijga borib-kelişi, jarrohlik amaliyoti kabilar uçun xarajatlarga yordam körsatiladi.

















