Bundan 1 yil avval, 2020 yil 17 fevralida «Mening fikrim» portalida IMEI kodlarni röyxatga olişdagi tölovni bekor qiliş haqida petitsiya e'lon qilingan edi.

Petitsiya 3 soat içida kerakli miqdorda (10 ming) ovoz töplagandi. Hozirda töplangan ovozlar soni 25 mingga yaqinlaşib qolgan.

«IMEI kodlarini röyxatga olişda tölovlar bekor qilinişini sörayman», deya ta'kidlangan jamoaviy murojaatda.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşi va Oliy Majlis Senati Kengaşining qöşma qarori bilan tasdiqlangan nizom talabiga köra, parlament va hukumat nomiga yöllangan murojaat kamida 10 mingta qöllab-quvvatlovçi ovozni olganda, u belgilangan tartibda körib çiqilişi, körib çiqiş natijalari böyiça qabul qilingan qaror moderator tomonidan 60 kundan oşmagan muddat içida «Mening fikrim» portaliga joylaştirilişi lozim.

Oradan 365 kun ötgan bölsa-da, murojaat hamon «Körib çiqiş jarayonida» turibdi. Öşa paytda Oliy Majlis IMEI-kodlari böyiça jamoaviy murojaat yuzasidan işçi guruh tuzgandi.

«Öz qarori ijrosini ta'minlay olmasa, bu qanaqa parlament?»

Mavzuni kötarib çiqqan huquqşunos, bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev parlamentdagi jur'atsizlik va «Mening fikrim» portalining «közböyamaçilik uçun oçilgani»ni tanqid qildi:

«Bu qanday parlament böldiki, aynan özi tasdiqlagan, yuridik kuçi böyiça qonunga teng hujjatning ijrosini ta'minlay olmasa?!

Nega minglab fuqarolarning haqli e'tirozlariga sabab bölayotgan, xalq uçun emas faqat ma'lum idoralarning manfaatlari uçungina amal qilib turgan bu tartibni bekor qiliş çoralari körilmadi?