Mahalliy OAVda bunday emlaş “havo bilan emlaş” deb nomlanmoqda. 

Ta'kidlanişiça, politsiya hamşiralar emlaşga qarşi fitna nazariyasi tarafdorlari bölişi mumkinligi yoki vaksinalarni “qora bozor”da sotiş maqsadida öğirlayotganlari haqidagi gaplardan keyin tergov boşlanişini e'lon qilgan. 

“Dastlab bu yagona holatdek körindi, biroq bunday holatlar bir neçta joyda kuzatilayotgani xavotirlidir”, deb aytgan epidemiolog Karla Domingus. 

“Bu tibbiy xodimlar yoki yomon öqitilgan, yoki buni ğaraz niyatda sodir etgan. Ikkala holatda ham bunga yöl qöyib bölmaydi”, deb qöşimça qilgan mutaxassis.

Epidemiolog, şuningdek, vaksinalarning taqsimlanişi dasturini tanqid qilib, uni “mutlaq betartib” deb atagan.

Rio-de-Janeyro ştati politsiyasi agar vaksinalar noqonuniy özlaştirilgan bölsa, bunga aloqador odamlar 12 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkinligini ma'lum qilgan.

Avvalroq Braziliyaning Globo axborot portalida hamşira emlaş uçun ixtisoslaştirilgan obektda 94 yoşli ayolga böş şprits bilan emlaşni amalga oşirayotgani videosi e'lon qilingan. Video tarqalib ketgaç, hamşira işdan böşatilgan va uşbu holat yuzasidan tegişli idoralar tomonidan tergov boşlangan.     

Braziliyada koronavirusga qarşi emlaş kampaniyasi 18 yanvardan boşlangan. Ayni vaqtda emlaşda Xitoyning Sinovac Biotech va AstraZeneca britan-şved kompaniyalarining vaksinalari qöllanmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga köra, vaksinaning birinçi dozasini 5,5 mln braziliyalik (umumiy aholining 2,6 foizi) olib bölgan. 300 mingdan köproq kişiga esa vaksinaning ikki dozasi ham kiritilgan.