Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asillik darajasini belgilash palatasiga boshliq tayinlandi
Baxtiyor Xudoyberdiyev Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Foto: Moliya vazirligi
Hukumatning 19 fevraldagi 83-sonli qarori bilan, Baxtiyor Botirovich Xudoyberdiyev Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, palata 2019 yil may oyida Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Bunga qadar u Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tuzilmasiga kirardi.
2019 yil oktyabrida Ravshan Erbekovich Umarov palata boshlig‘i sifatida ish boshlagandi.
- Asillik darajasini belgilash palatasi – qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat ko‘rsatishni tartibga solish, shuningdek, asillik darajasi nazorati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etuvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:58 / 16.10.2025
Zargarlik sohasidagi tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
18:21 / 14.07.2025
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi
13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi
13:44 / 02.07.2025