Norma’ning yozişiça, hujjatda kimyo, biokimyo, gaz va neft-kimyo sanoati transformatsiyasining asosiy uzoq muddatli strategik yönalişlari belgilandi.
 
Texnologik transformatsiya – mahalliy xomaşyodan yarim tayyor mahsulotlarni işlab çiqarişning yangi quvvatlari negizida xomaşyodan tayyorlangan tayyor mahsulotgaça bölgan köp poğonali qöşilgan qiymat zanjirlarini yaratiş.
 
Xöjalik munosabatlari tizimini transformatsiya qiliş – davlat tomonidan aralaşuvga çek qöyiş va eskiça reja-taqsimlaş tizimidan batamom voz keçiş.
 
Mulkiy munosabatlar tizimini transformatsiya qiliş – yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratişga xususiy kapitalni jalb qiliş orqali kimyo korxonalarida davlat uluşini keskin kamaytiriş va kimyo korxonalarini xususiylaştiriş.
 
Raqamli transformatsiya – moliyaviy, moddiy va kadrlarga oid resurslar harakatini boşqariş, işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni markirovkalaş, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritiş tizimlarini joriy etiş uçun sohaga zamonaviy dasturiy ta'minot tizimlarini tatbiq etiş.
 
Ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi munosabatlar transformatsiyasi – innovatsiya jarayonlarini taşkil etiş, zamonaviy texnologiyalarni transfer qiliş böyiça ilğor xorijiy tajribalar asosida fan va işlab çiqariş örtasidagi özaro hamkorlikning yangi tizimini yölga qöyiş.
 
Kadrlar tayyorlaş tizimining transformatsiyasi – kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş, şuningdek mavjud va yangi barpo etiladigan işlab çiqariş quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan ta'minlaş.
 
2021 yildan boşlab Kimyo va gaz-kimyo sanoatida texnologik klasterlarni yaratiş böyiça oçiq hamkorlik dasturi joriy etiladi. Unda yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratişda xususiy va xorijiy investorlar va texnologik şeriklarni jalb qiliş nazarda tutilgan. Dasturga quyidagi texnologik klasterlar kiritilgan:

«Navoiyazot» AJ, «Qönğirot soda zavodi» MÇJ, Ustyurt va Şörtan gaz-kimyo majmualari, sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş zavodining işlab çiqariş va unga tutaş hududlari;