Kun.uz saytida «Kitobda yolğiz öğil piçoqlandi va bir közidan ajraldi: zarar qoplanmadi, iş esa «bosti-bosti» qilindi» sarlavhasi ostida jurnalistik suriştiruv e'lon qilingan edi.

Unga köra, 2020 yilning 2 mart kuni Kitob tumanida istiqomat qiluvçi voyaga yetmagan, 17 yoşli Şahzod Usmonov özi uyida ijarada turgan xolavaççasi tomonidan hujumga uçrab, oğir tan jarohati olgani, holat Kitob tuman içki işlar bölimi tergovçilari tomonidan notöğri malakalanib, yaraşuv kelişuvi tuzilib sudga oşirilgani, oqibatda jabrlanuvçiga yetkazilgan zarar mutlaqo qoplanmasdan, hujum qilgan şaxs jazodan qutulib qolgani bayon etilgan edi.

Jurnalistik suriştiruvda bayon etilgan voqea yuzasidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati axborot xizmati munosabat bildirdi.

Unda qayd etilişiça, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligidan mazkur holat böyiça Kitob tumani içki işlar bölimi xodimlarining xatti-harakatlarini atrofliça tahlil qilib, qonuniy çora körilişini va tegişli axborot taqdim etilişini söragan.

Bundan taşqari, Qaşqadaryo viloyat sudi mutasaddilari tomonidan jinoyat işi xolisona körilişi, moddiy jihatdan qiynalgan oilaga adolat negizida qaror qabul qilinişini nazoratga oliş ham söraladi.

«Şuningdek, uşbu holat Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan nazoratga olindi», — deyiladi munosabatda.