Dunyoga mashhur Nike, Adidas, Apple brendlari, shuningdek, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari chakana savdosi bo‘yicha yetakchi – Ispaniyaning INDITEX kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘ymoqchi. Qozog‘istonlik siyosatshunos Doniyor Ashimbayev O‘zbekistonda iqtisodiy dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy sabablarini aytib o‘tdi.

O‘zbek paxtasi + yuqori texnologiya
«O‘zbekiston dunyodagi eng yirik paxta yetishtiruvchi mamlakatlardan biridir. Toshkent yaxshi muhandislik bazasiga, yengil sanoat mutaxassislarini tayyorlash sohasida bilimga ega», deydi Ashimbayev.
Mehnat + intizom + sanoat
Ashimbayev arzon ishchi kuchi, mehnatga yo‘naltirilgan mentalitet, amaliy intizom O‘zbekistonda kuchli ekanligini ta'kidlagan. Siyosatshunosning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent Turkiston o‘lkasining sobiq markazi Olmaotaga qaraganda ancha rivojlangan shahar bo‘lgan, ammo boshlang‘ich shartlari taxminan bir xil edi.
«Bizda xomashyo yetkazib berish sanoati rivojlangan paytda, O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sohasida tajribaga ega edi», dedi u.
Davlat tomonidan tartibga solishning kuchliligi
Ashimbayev, shuningdek, juda qattiq va kuchli davlat reglamentini muhim deb hisoblaydi: «Prezident Mirziyoyev iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha ko‘rgan choralari, O‘zbekiston va Qozog‘istonni taqqoslaganda, Toshkentga katta afzalliklarni berdi. Shu bilan birga, mobil ishchi kuchi, barqaror qonunchilik va islohotlarning ketma-ketligi bizda yetishmayotgan asosiy narsalardir».
Davlat dasturlarini amalga oshirish
«Biz Qozog‘istonda davlat dasturlarining qanday samarasiz amalga oshirilayotganini ko‘ryapmiz. Ishoning, buni xorijiy investorlar ham kuzatib bormoqda. Bitta dastur tugadi, boshqasi izidan qabul qilinmoqda, ammo dasturda nima ishlar qilingani va qanday natija bergani haqida aniq ma'lumotlar yo‘q», deydi qozog‘istonlik siyosatshunos.
Uning ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlarida investorlarni eng ko‘p cho‘chitadigan narsa – barqaror qonunchilik mavjud emasligidir: «Bizda Soliq kodeksiga tuzatishlar deyarli har hafta amalga oshiriladi. Besh yil ichida Tadbirkorlik kodeksiga juda ko‘plab o‘zgartirishlar kiritildi. Qonunchilik doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, xorijiy reyting agentliklari hujjatlarida ta'kidlanganidek, Qozog‘iston qonunchiligi teskari yo‘nalishda o‘zgarishga moyil».












