Bugun, 23 fevral kuni soat 10:00da Toşkent viloyatida Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorov va viloyatning yangi tayinlangan hokimi Davron Hidoyatov rahbarligida videoselektor yiğilişi ötkazilgan. Yiğilişda mahallabay işlaş tizimi samaradorligiga doir masalalar muhokama qilingan.
Kun.uz manbasining aytişiça, soat 10:00dan sal ötib boşlangan yiğiliş tuşgaça davom etgan.

Şuningdek, bugungi yiğilişdan avval, 22 fevral kuni ham ertalabki soat 8:00da Davron Hidoyatovning topşiriği bilan uning örinbosarlari, Toşkent viloyatidagi barça tuman va şahar hokimlari, tegişli boşqarma boşliqlari va kotibiyat mudirlari iştirokida kengaytirilgan videoselektor yiğilişi ötkazilgan.

Viloyatning yangi hokimi Davron Hidoyatov imzosi bilan hududlarga yuborilgan telefonogrammada 22 fevral kuni keçki soat 20:30da viloyat va tuman sektor rahbarlari, şuningdek, boşqarma va taşkilot rahbarlari Zoom platformasi orqali onlayn yiğilişda qatnaşişi kerakligi körsatilgan.

Körib turganingizdek, viloyat mas'ullari mehnat qonunçiligiga zid ravişda 2 kun içida 3 marta majburiy yiğilişga çaqirilgan. Bundan taşqari, 22 fevral kuni ertalab soat 8:00da yiğilişga çaqirilgan rahbarlar öşa kuni oradan 12 yarim soat ötgaç yana majlisda ötirişga majbur bölmoqda.
Kun.uz suhbatlaşgan viloyat taşkilotlaridan biridagi lavozim egasi viloyatda yiğilişlar kun sayin ortib borayotgani, buning oqibatida işlaş va berilgan vazifalarni bajariş uçun vaqt deyarli qolmayotganini aytmoqda. Uning aytişiça, sutkaning deyarli 6-8 soati turli keraksiz yiğilişlarda ötmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kungi selektorda majlisbozliklar köpayib ketganini qattiq tanqid qilib, ruxsatsiz majlis qilgan rahbarlar işdan ketişini aytgandi.
«Köp amaldorlar majlisbozlikka kasal bölgan. Buni davolaymiz. Bugundan boşlab majlis qilmoqçi bölgan hokimlar administratsiyadan ruxsat olib, uzoği 40 daqiqalik majlis ötkazişi mumkin. Ruxsatsiz majlis ötkazgan amaldorlar işdan ketadi»,











