AOKAda Davlat test markazi tomonidan chet tilni bilish va egallash darajasini baholash bo‘yicha 2020 - 2021 yillarda o‘tkazilgan test sinovlari hisoboti va tahlili hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
DTM boshqarma boshlig‘i Javlonbek Nurmatov 2020 yilda bajarilgan ishlar va joriy yildagi jarayonlar haqida ma'lumot berdi.
«2020 yilda Davlat test markaziga chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash hamda davlat namunasidagi malaka sertifikatini olish uchun 1 355 nafar talabgor murojaat qildi.
Test sinovlari natijasiga muvofiq, jami 368 nafar talabgor chet tilini bilish darajasi haqida davlat namunasidagi malaka sertifikatini qo‘lga kiritdi. Ular ingliz (233), nemis (6), fransuz (1), arab (99), fors (2), turk (5), koreys (16), xitoy (5) va yapon (1) tillaridan malaka sertifikatiga ega bo‘ldi.
2021 yil yanvar oyida ushbu malaka sertifikatini olish maqsadida murojaat qilgan 437 nafar talabgordan 176 nafari sertifikatga ega bo‘ldi.
Fevral oyida o‘tkaziladigan test sinovi uchun 311 nafar talabgor ariza bilan murojaat qildi, test sinovi 24-26 fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan», dedi DTM boshqarma boshlig‘i.
Ma'lum qilinishicha, chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash imtihoni natijalariga ko‘ra 454 nafar o‘qituvchi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan.
«Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari pandemiya sababli o‘tkazilmadi.
Dekabr oyida o‘tkazilgan test sinovida esa jami 4 387 nafar turli ta'lim tizimidagi pedagoglardan 471 nafari birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Test sinovining ikkinchi bosqichi («gapirish» ko‘nikmasini baholash imtihoni) esa


















