Qurilmalarda funksional sinaş işlari davom ettirilmoqda, deb ma'lum qildi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati.
Stansiyadagi quvvati 280 MVt bölgan birinçi buğ-gaz qurilmasi 2020 yil dekabrida töliq quvvat bilan işga tuşirilgan edi.
Loyihaning joriy etilişi bilan 1 kVt soat elektr energiyasini işlab çiqariş uçun sarflanadigan şartli yoqilği miqdori 164,3 gr/kVt soatga kamayadi, bu esa bir yilda 488,6 million kub metr tabiiy gaz tejalişiga olib keladi.
Ta'kidlanişiça, zamonaviy va energosamarador texnologiyalarning işga tuşirilişi Orolböyi hududida ekologik vaziyatni yaxşilaş, tabiatni muhofaza etişda ham ahamiyatga ega. Birgina suv resurslariga bölgan ehtiyojning özi yiliga 452 million kub metrdan 159 million kub metrga kamayadi.
Şuningdek:
- atmosferaga çiqayotgan zararli gazlar 3,2 barobarga kamayadi;
- azot oksidi 3,5 barobarga kamayadi;
- asosiy buğ gazlarining çiqişi yiliga 972,22 ming tonnagaça kamayadi.
Qoraqalpoğiston va Xorazm aholisini elektr energiyasi bilan ta'minlovçi IESni modernizatsiya qiliş bilan Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi şuğullandi.
Eslatib ötamiz,Özbekistonda 2021 yilda 9ta yangi elektr stansiyasi işga tuşirilişi rejalaştirilgan.
Yanvar oyida oxirida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boşqaruvi raisi etib Farhod Abdurahmonov tayinlangandi.











