«Ayniqsa yoshi kattalar ko‘p aldanyapti» - Aziz Toshpo‘latov bank kartalaridagi pullar o‘g‘irlanishi haqida
«Oson pul topish uchun birovni aldab, tadbirkorlik qilamiz, deb qarzga moddiy yordam olib, keyin berishmayapti. Bu ayollar orasida ham ko‘paygan», – dedi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Toshpo‘latov.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Aziz Toshpo‘latov 23 fevral kungi press-turda firibgarlik jinoyatlari yildan yilga ortib borayotgani haqida to‘xtaldi.
«Firibgar bo‘lishdan uyalmay qo‘ygan fuqarolarimiz bor. Oson pul topish uchun birovni aldab, tadbirkorlik qilamiz, deb qarzga moddiy yordam olib, keyin berishmayapti. Bu ayollar orasida ham ko‘paygan.
O‘zaro tanish-bilishlar orasida firibgarliklar ko‘paygan. Ishonib, yo qarzga, yoki birgalikda tadbirkorlik, oldi-sotdi qiladi, pulini bermaydi», – ta'kidladi general.
Aziz To‘shpo‘latov so‘nggi paytlarda birovning plastik kartasidagi pulni yechib olish holatlari ortib borayotganini ham aytib o‘tdi.
«Ayniqsa, yoshi katta fuqarolarimiz juda ko‘p aldanib qolyapti. Biz prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan bu bo‘yicha ikki-uch marta seminarlar o‘tkazdik, kecha ham hamma bank vakillarini yig‘ib, Toshkent shahar prokuraturasida shu masalada yig‘ilish o‘tkazdik. Qanday qilib himoyalaymiz?
Bu – chet ellarda eng ko‘p uchraydigan jinoyat turlaridan. Mana, sekin-sekin O‘zbekistonga ham kirib kelyapti. Ayniqsa, Toshkentda bu narsa sezila boshladi.
Telefoniga SMS keladi: «Siz falonchi aksiyada yutdingiz, kartochkangiz raqami va kodini yuborsangiz, sizga 1 million so‘m yutuqni o‘tkazib beramiz». Ko‘p fuqarolarimiz kartochkasining raqamini, kodini berib yuboryapti. Bu kod – xavfsizlik himoya vositasi. Uni biron odamga berish mumkin emas», – dedi poytaxt IIBB boshlig‘i.
Mavzuga oid:
O‘zbekistonda bir yilda firibgarlik jinoyatlari ikki barobarga ko‘paydi. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
Mavzuga oid
18:45 / 21.11.2022
Aldanib qolmang: Telegram'da aholiga pul tarqatilayotgani haqida yolg‘on xabar aylanib yuribdi
07:36 / 09.12.2021
Buxoroda tadbirkorga bankdan 400 ming dollar kredit olishda yordam berishni va'da qilgan SSP xodimi ushlandi
17:39 / 06.12.2021
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar bilan ushlandi
13:25 / 06.12.2021