Norma’ning yozişiça, loyihaning maqsadi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oşiriş sohasida jismoniy va yuridik şaxslarning lozim tarzda huquqiy himoyalanganini ta’minlaşdan iborat.
Qonun qöllaniladigan soha kengaytirilgan hamda unda qöllaniladigan asosiy tuşunçalarga tuzatişlar kiritilgan. Masalan, ma’muriy-huquqiy faoliyat ayrim jismoniy yoki yuridik şaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga köra ajratiladigan şaxslar guruhiga taşqi majburiy ta’sir körsatadigan ma’muriy va boşqaruv xususiyatidagi faoliyat hisoblanadi.
Şuningdek, ma’muriy tartib-taomillar kengaytirilgan va ularga tuzatişlar kiritilgan. Özboşimçalik, huquqning suiiste’mol qilinişini taqiqlaş, huquqni qöllaş rad etilişiga yöl qöymaslik kabi tartib-taomillar kiritilgan.
Loyihada ma’muriy iş yuritişda idoralararo özaro hamkorlik tartib-taomili örniga ma’muriy kömaklaşiş tartib-taomili qöllanilişi nazarda tutilmoqda. Ma’muriy organning kömaklaşiş töğrisidagi sörovi asosida amalga oşiriladigan ma’muriy kömaklaşiş muddatlari, şuningdek kömaklaşişni rad etiş asoslari belgilangan.
Loyiha bilan tegişli tarzdagi ma’muriy tartib-taomil, umumiy vakil, dastlabki ma’muriy hujjat tuşunçalari kiritilmoqda.
Qanday holatlarda ma’muriy işlar ma’muriy organning majlisida körib çiqilişi belgilangan. Quyidagi hollarda ma’muriy iş majlisda körib çiqilişi lozim:
- ma’muriy iş yuritiş ommaviy tusga ega bölganda;
- ma’muriy iş yuritiş natijasida yer uçastkasiga bölgan huquqni, şuningdek boşqa köçmas mulkka bölgan mulk huquqini tugatadigan yoki çeklaydigan ma’muriy hujjat qabul qilinişi mumkin bölganda;
- manfaatdor şaxsning huquqiy maqomiga boşqaça tarzda jiddiy aralaşilganda, bundan majlisni ötkazişga şoşilinç çoralar qabul qilinişi zarurati tösqinlik qiladigan yoki ma’muriy işni obektiv sabablarga köra majlisda körib çiqişning imkoni bölmagan hollar mustasno va boşqalar.
Ma’muriy hujjat yozma, elektron yoki oğzaki şaklda bölişi belgilangan. Şuningdek u belgilar, imo-işoralar va signallar yöli bilan, tasdiqlovçi hujjat beriş yoki muayyan harakatlarni, şu jumladan avtomatik vositalar yordamida amalga oşiriş yöli bilan qabul qilinişi mumkin.
















