13:52 / 24.02.2021
13982

«Qamchiq» dovonida ikkita mashina xandaqqa tushib ketdi

«Qamchiq» dovonida noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita ko‘ngilsiz hodisa ro‘y berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Qamchiq» boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan ko‘rsatilgan yordam natijasida xandaqqa tushib ketgan mashinalardagi fuqarolar qutqarib olindi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma'lumotga ko‘ra, baxsiz hodisa natijasida halok bo‘lganlar yo‘q.

«Kuni kecha «Qamchiq» dovonida 30 daqiqa oralig‘ida ikkita baxsiz hodisa yuz berdi. Ikkala holatda ham mashinalar xandaqqa tushib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan haydovchilarga yordam berish uchun yetib kelgan. 

Har ikkala holatda ham qurbonlar aniqlanmadi. Videoning ikkinchi qismida «Qamchiq» dovonida bugun, 24 fevral kuni tongda sodir bo‘lgan vaziyat aks etgan. Unda tegishli xizmatlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning guvohi bo‘lishingiz mumkin», deyiladi FVV ma'lumotida.

Avvalroq 24 fevraldan havo harorati keskin sovib ketishi kutilayotgani ma'lum qilingan, 25-27 fevralda kutilayotgan sovuq havo mevali daraxt kurtaklari va gullariga zarar yetkazishidan ogohlantirilgandi. 

Mavzuga oid
Top