Jumladan, olib borilgan tintuv tergov harakatlari davomida, Ishtixon tumani Boytuvi mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan Q.B. ning yashash uyidagi daraxt shoxlari orasidan og‘irligi 100 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi topilgan;

Ishtixon tumani Dexqonobod mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan M.X. ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklarida o‘tkazilgan tintuvda, oshxonasidagi o‘choq ichidan hamda tovuqxonasining ustidan taxminiy og‘irligi 1 kg bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi topilgan;

Ishtixon tumani Chaqar qishlog‘ida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan U.A. ning yashash manzili tintuv qilinganida, uyidagi shkaf ichida bo‘lgan kiyimlarining cho‘ntagidan taxminan 30 gramm marixuana giyohvandlik vositasi topilgan va xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Bundan tashqari, 22 fevral kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Urgut shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1956 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, Urgut tumani Mozortepa mahallasida yashovchi, B.U. va Urgut tumani Kamardon mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan, U.J. lar 1 million 700 ming so‘mga geroin giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbirlar davomida Oqdaryo tumani Sulton qishlog‘ida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan E.D. marhum bobosidan qolgan  16 kalibrli, bir ko‘zli, №S20516 raqamli ov qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan. Ma'lum bo‘lishicha u qurolni yashash uyining yerto‘lasida ta'mirlash ishlarini olib borayotganda topib olgan. Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy hal qilishlik uchun Oqdaryo tuman IIBga topshirilgan.