Global innovatsiya indeksi (The Global Innovation Index) global tadqiqot bölib, u davlatlarning innovatsion rivojlanganlik darajasini baholaydi. Mazkur reytingni baholaş uslubi Fransiyaning INSEAD xalqaro biznes-maktabi, Kornel universiteti va Butunjahon intellektual mulk taşkiloti (BIMT) tomonidan işlab çiqilgan. Hozirda Global innovatsiya indeksi 80ta körsatkiçlardan iborat bölib ularning soni yildan yilga özgarib turişi mumkin.
Özbekiston Global innovatsiya indeksida sönggi marotaba 2015 yilda 141ta davlat içidan 122-örinda, Rossiya – 48, Qozoğiston – 82, Qirğiziston – 109, Tojikiston 114-örinda bölgan. 2020 yildan avvalgi 5 yil davomida mamlakat Global innovatsiya indeksidan umuman joy olmagan. Özbekistonning reytingda aks etmagani asosiy sabablari sifatida Global innovatsiya indeksi indikatorlari böyiça ma'lumotlarning yetarli darajada emasligi va mavjud statistik ma'lumotlarning eskirgani körsatilgan.
Uzoq muddatli tanaffusdan söng 2020 yilgi Global innovatsiya indeksi reytingida Özbekiston 43ta kiriş indikatorlari va 22ta çiqiş indikatorlariga köra baholanib, 131ta mamlakat içida 93-örinda yana qayta röyxatga kiritildi. 2020 yilda Şveytsariya – 1, Şvetsiya – 2, AQŞ – 3, Rossiya – 47, Qozoğiston – 77, Qirğiziston – 94, Tojikiston – 109-örinni egalladi.
Özbekiston 2020 yili Global innovatsiya indeksida quyidagi subindikatorlarda yuqori öntalik davlatlar qatoriga kirdi:
- biznes boşlaşning oddiyligi (Ease of starting a business) – 8-örin;
- ilm-fan va texnika sohasida bitiruvçilar (Graduates in science&engineering) – 7-örin;
- kapitalni yalpi ravişda jamlaş (Gross capital formation) – 8-örin.
2020 yilda 80ta körsatkiçdan iborat bölgan Global innovatsiya indeksi reytingida Özbekiston dunyo mamlakatlari içida innovatsion resurslar, ya'ni kiriş subindeksi böyiça 81-örinni, reyting ustunlari bölmiş institutsional rivojlaniş (Institutions, 95-örin), inson kapitali va ilmiy-tadqiqot faoliyati (Human capital & research, 77-örin), infratuzilma (Infrastructure, 72 örin), bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs, 90-örin) kabi yönalişlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erişdi.











