Bugun, 24 fevral kuni Davlat boşqaruvi akademiyasida Senat huzuridagi Yoşlar parlamentining 2020 yil yakuniga bağişlangan hisobot yiğilişi ötkazildi.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, hisobot yiğilişi davomida Senat raisi Tanzila Norboyeva Xalq deputatlari, viloyat, tuman va şahar kengaşlariga hokimlarning boşçilik qilişi amaliyotidan qaçon voz keçilişi borasidagi savolga javob bergan.

«Xudo xohlasa yaqin kelajakda böladi. Yilini aniq aytolmayman, lekin şunga qarab ketyapmiz. Qanday ketyapmiz? Mana, Xalq deputatlari, viloyat, tuman va şahar kengaşlarida kotibiyatlar bekorga taşkil qilinmadi-ku.
Şunday amaliyotda qolar ekanmiz, degan tuşunça bölişi kerak emas. Bunga jamiyat ham tayyor bölişi kerak. Bu jarayonda töpolon, ur-yiqitlar bölib ketişi kerak emas.
Biz hozir «yangi Özbekiston»ga ötiş davridamiz. Bu jarayonda ziddiyatlar kuçaymoqda. Islohotlar qilişda ziddiyatlar kuçayyapti. Ziddiyat kuçaysa, har xil kuçlar bir-biri bilan nifoqqa boradi.
Şuning uçun, bu islohotlar sekin-sekin böladi. Men şuningdek, bu jarayonni juda uzoqqa çöziladi, deb ham öylamayman. Balki keyingi saylovlargaça bu töliq oxiriga yetar», – dedi Senat raisi.

















