Jumladan, 2021-2023 yillarda Yangihayot tumanida umumiy qiymati 8,1 trln söm bölgan 54ta investitsiya loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Uşbu loyihalarni amalga oşiriş doirasida 14 ming 77ta yangi iş örinlari yaratiladi.

«2021 yil rejasiga köra, tumanda eksportyor korxonalar tomonidan 6,5 mln dollarlik tovar va xizmatlar eksporti amalga oşiriladi. Şu bilan birga, 210 gektar hududda «Yangihayot» industrial park kiçik sanoat zonasini taşkil etiş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, uşbu hududda umumiy qiymati 6 trln söm bölgan 118ta taklif va loyihalar şakllantirilib, hozirgi kunda bular bilan işlar olib borilmoqda», deydi Hayot Inoğomov.

Tuman hokimi yiğilişda quriliş sohasida amalga oşiriladigan işlarga ham töxtalgan. Unga köra, tuman markazida xavfsizlik talabiga javob bermaydigan uylar mavjud.

«149 gektar hududda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 2 qavatlik yoğoç uylar bor. Hozirgi kunga kelib, uşbu uylar «avariya» holatiga kelib qolgan. Şu sababli hozir turkiyalik mutaxassislar bilan birga loyiha işlab çiqyapmiz. Ayni vaqtda yer tanlab, yangi uylar qurilgandan söng, aholini öşa uylarga köçirişni rejalaştiryapmiz. Loyiha doirasida 3 bosqiçda jami 409ta «avariya» holatidagi uylarni buzib, aholi uçun tuman markazidan zamonaviy uylar quriş rejalaştirilgan.

Tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, kamida 4ta poliklinika va 2ta köp tarmoqli kasalxona, 10ta MTT quriş, şuningdek, boğçagaça qamrov, maktablarda darsliklar bilan ta’minlaş darajasini 100 foizga yetkaziş maqsad qilingan. Şu bilan birga, kamida bitta davlat va 2ta xususiy oliy ta’lim muassasasi oçişni rejalaştiryapmiz», deya qöşimça qilgan tuman hokimi.

Eslatib ötamiz, ötgan yil kuzida Toşkent şahridan 2 131,2 gektar hamda Toşkent viloyatidan 2 288,4 gektar, jami 4 419,6 gektar yer maydoni ajratilib, Yangihayot tumani taşkil etilgandi.