Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida işlab çiqarişni rivojlantiriş zaruriyati haqida gapirdi.
Aytilişiça, aholida mablağ bor, lekin pullar uy-joy va töyxonalarga işlatiladi yoki yostiq ostida saqlanadi. Undan köra, maqsadli sarflansa edi, çetdan investitsiya kutişga ham hojat qolmasdi.
«Har bir jamiyatda bölgani kabi, bizning aholimizda ham mablağ bor. Agar şu mablağlarni işlab çiqarişga yönaltirsak, gapning oçiği, bizga xorijiy investitsiyalar ham bugungiçalik dolzarb bölmaydi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, aholida 10 milliard dollarga yaqin mablağ bor.
Lekin u pullar işlab çiqariş emas, uy-joy, töyxonalarga sarflanadi yoki xalq iborasi bilan aytganda, «yostiq tagida yotgan mablağlar». Vaholanki, bu pul işlaşi kerak. Pul öz qiymatini oşirişi lozim. Yangi iş örinlarini yaratiş zarur. Buning uçun esa kapital bozori kerak. Işbilarmonlar bu haqida kuyinib gapirişyapti.
Banklarimiz, afsuski, mijoz uçun kuraşayotgani yöq. Tafovutni kördik. Jahon tajribasi şuni körsatadiki, banklar qaçon mijoz uçun kuraşsa, uning uçun raqobat qilsa, öşanda rivojlanadi. Agar u faqatgina berilgan mablağlarni saqlab ötiriş bilan kifoyalansa, iqtisodiyotda ularning roli kamayadi.
Oldimizda ikkita muhim masala turibdi. Birinçisi banklarimizni isloh qiliş. Ikkinçisi kapital bozorini rivojlantiriş», – dedi Senat rasmiysi.

Özbekiston kapital bozori kapitallaşuvi mamlakat YaIMga nisbatan 1 foizni taşkil etadi. Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov rivojlanayotgan davlatlarda bu körsatkiç 30–60 foiz atrofida ekanini, rivojlangan davlatlarda esa 100 foiz va undan ham ortiq bölişini aytgandi.
Ma'lumot uçun, 2020 yilning 1 noyabr holatiga fond birjasining umumiy bozor kapitallaşuvi 52,55 trillion söm yoki 5 milliard AQŞ dollaridan ortiqni taşkil etgan.











