Holat böyiça Jahongir Akramovning otasi Odiljon Valiyev Kun.uz'ga murojaat qilib, öğli Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida bir neça kundan beri huşsiz yotgani, aybdorlar haqida ma'lumot yöqligini ma'lum qildi.

Ota öğlining kasalxonaga tuşganini eşitgaç, Rossiyadagi işini taşlab, 21 fevral kuni Toşkentga yetib kelganini aytmoqda.
«Öğlim Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 1-bosqiçida öqiydi. Men Rossiyada işlayman. Yaqinlarim öğlimning oğir ahvolda kasalxonaga tuşgani xabarini berişdi. Şundan söng Toşkentga yetib keldim.
Öğlim 20 fevraldan beri koma holatida yotibdi. Şifokorlarga rahmat. Barça kerakli muolajalarni qilişmoqda. Lekin öğlimni kim urgan, neça nafar bola bölgan – menga qoronği.
Hozirça ikki kişi urganganini aytişmoqda. Lekin men buni ikki kişi qilganiga işonolmayapman. Aybdorlar jazosini olişi kerak», – deydi bemorning otasi Odiljon Valiyev.
Jahongir Akramov yotgan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Neyroxirurgiya bölimi şifokorlarilarning aytişiça, Jahongir 19 fevral kuni tez tibbiy yordam markaziga olib kelingan. Jarohatlar jiddiyligi sababli bu haqda IIBga ma'lum qilingan.
Şifokorlar talaba keçasi soat 2:00larda operatsiya qilingani, kerakli barça muolajalar olib borilgani, bemor hamon koma holatida ekanini aytişdi.


«Jahongirga şikast yetkazgan bolani tanimaymiz, u bola bizning institut talabasi emas» — institut kafedra mudiri
Holat böyiça izoh oliş uçun Jahongir Akramov tahsil olayotgan Özbekiston san'at va madaniyat institutiga bordik.

«Qöğirçoq san'ati» kafedrasi mudiri A'zamjon Abduxalilovning aytişiça, Jahongir bilan urişgan va unga şikast yetkazgan bola institut talabasi emas. Şuningdek, janjal institut hududida bölmagan.


















