Haiti poytaxti Port-o-Prensdagi qamoqxonadan tört yuzdan ortiq mahbus qoçib ketdi, deb xabar bermoqda "Bi-bi-si".

Mahalliy hokimiyatning ma'lum qilişiça, mahbuslarning qoçişi vaqtida 25 kişi, jumladan, qamoqxona direktori halok bölgan.

Qurbonlar orasida ötkinçilar ham bölgan. Ular jinoyatçilar tomonidan öldirilgan.

Qayd etilişiça, voqea tafsilotlari aniq emas. Guvohlar otişma ovozini eşitişgan, söngra köçada mahbuslar paydo bölgan. Qamoqxona yaqinidagi kiyim-keçak dökonlari egalarining sözlariga köra, ular dökonlaridagi mollarinining bir qismini jinoyatçilarga berişga majbur bölişgan.

OAVning ma'lumot berişiça, "Krua-de-Buke" qamoqxonasiga köpi bilan 872 nafargaça mahbus joylaşişi mumkin. Şu bilan birga, hukumatning xabariga köra, u yerda 1500 nafar mahbus saqlangan.