26 fevral kuni Toşkentda "Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasining ğoliblarini aniqlaş marosimi bölib ötdi.
Tadbir poytaxtning Labzak köçasidagi Mobiuz xizmat körsatiş markazida onlayn formatda bölib ötdi. Ğoliblarni aniqlaş jarayonini onlayn tomoşabinlar – Instagram ijtimoiy tarmoği va YouTube videoxostingi foydalanuvçilari, mustaqil komissiya a'zolari hamda ofisga kelgan abonentlar kuzatib bordilar.

Kompaniya bunday formatni bekordan tanlagani yöq. Har yili mobil aloqa operatori aksiyalar ötkazişning turli xil mexanizmlarni sinab körmoqda. Mazkur yilda asosiy e'tibor maksimal darajada onlayn tomoşabinlarni qamrab olişga qaratildi, zero har bir abonent yoki ijtimoiy tarmoq foydalanuvçisi bölib ötayotgan voqealarni qulay tarzda köra olsin. Bu tadbirning maksimal şaffofligi va oçiqligini ta'minlaş nuqtai nazaridan ham juda muhimdir.
Bundan taşqari, "Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasiga naq 113 ta sovrin qöyilgandi. Şuni inobatga olgan holda, tomoşabinlar, iştirokçilar va taşkilotçi uçun qulay bölgan eng tezkor va samarali tarzda – tasodifiy raqamlar randomayzeridan foydalanib ğoliblarni aniqlaşga qaror qilindi.
Soat 11:00 da boşlovçi Nodirxon Muhammadxonov tadbirni boşlab berdi hamda aksiya şartlari, iştirokçilar sonini eslatib ötdi.
"Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasi ötgan yilning 10 dekabridan şu yilning 10 fevraligaça ötkazildi. Iştirok etiş uçun abonentlar 5555 MB maxsus Internet-töplamini faollaştirişi kifoya edi. Har bir ulangan töplam yiğib boriladigan bitta imkoniyatga teng edi.
Boşlovçi respublikada jami 56 198 ID-kod röyxatdan ötganligini qayd etdi. Yakuniy tadbirdan bir neça kun oldin iştirokçilarga maxsus USSD-buyruq yuborildi (*161#), uning yordamida ular özlarining noyob ID-kodlarini bilib olişlari mumkin edi. Kodlarning soni aksiya davomida abonentlar töplagan imkoniyatlar soniga teng.
Barça kodlar abonent raqamining hududiy mansubligiga qarab bölingan. Masalan, Jizzax viloyati abonentlarining ID-kodlari 04, Samarqand viloyatiniki 08 bilan boşlanadi. Har bir viloyatda, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkentda sakkiztadan ğolib aniqlanadi.

Söngra boşlovçi taniqli ekspertlarni öz içiga olgan mustaqil komissiya a'zolarini taniştirdi. Öyin boşlandi. Viloyatlar böyiça ID-kodlar röyxati navbatma-navbat va qisqa tanaffuslar bilan randomayzerga yuklanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi şarhlar va layklardan foydalanuvçilarning katta hayajonlarini seziş mumkin.













