Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoning tönğiç öğli Viktor respublika Milliy olimpiya qömitasi (MOQ) prezidenti lavozimida otasini almaştirdi. Bu haqda «BelTA» davlat axborot agentligi 26 fevral kuni ma'lum qildi. Lukaşenko MOQni 1997 yil may oyidan buyon boşqarib kelayotgandi, uning katta öğli esa 2019 yilning noyabridan buyon MOQning birinçi vitse-prezidenti sanaladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus Milliy olimpiya qömitasida taşkilot prezidentligiga saylovlar bölib ötgani tasvirlangan video tarqaldi. Unda MOQ rahbarligiga Aleksandr Lukaşenko va Viktor Lukaşenkoning nomzodi qöyilganini köriş mumkin.

«U hozirdan men bilan raqobatlaşyaptimi? Agar ikki nomzod bölsa, demak raqobat», dedi Aleksandr Lukaşenko.

Öz navbatida, «BelTA» davlat axborot agentligi ham tadbirdan lavhalar e'lon qildi. Unda Lukaşenko qator masalalar böyiça fikr bildirganini köriş mumkin.

«Agar ikki nomzod taklif etilayotgan bölsa, bu men uçun yangilik. Men navbatdagi muddatga saylanişni rejalaştirmagandim. Sizlarga öğlimni topşiraman. Va'da beramanki, öğrilik, korrupsiya, pul mablağlaridan noqonuniy foydalaniş bölmaydi. Sportçilar va murabbiylarga munosabat juda yaxşi böladi. Men baribir sport masalasidan çetlaşmayman. Bu yerda heç kim, hatto olimpiya çempionlari ham men kabi sportni sevmaydi. Öylaymanki, sizlar uçun bu foyda böladi. Öğil otaga u yoki bu muammo haqida aytişga har doim imkon topadi. Öz navbatida, hokimiyatni öğliga topşiriş masalasi bizning oilada heç qaçon muhokama qilinmagan. Belarusda mendan keyin birorta farzandim prezident bölmaydi. Viktor saylanadigan bölsa, u davlat xizmatçisi bölmaydi, bugunoq prezidentning milliy xavfsizlik masalalari böyiça yordamçisi lavozimidan ozod etiladi», dedi Lukaşenko. 

Belarus muxolifati Viktor Lukaşenkoning taşkilotga rahbar etib saylanişi Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) tomonidan sanksiyalar yanada kuçaytirilişiga olib kelişi mumkinligini bildirdi. XOQning jazo çoralari har ikki Lukaşenkoga nisbatan qöllanilmoqda, dedi Inqirozga qarşi xalq boşqarmasi vakili Vadim Krivoşeyev. «Işonçim komilki, bu XOQ uçun nafaqat Belarusga qarşi sanksiyalarni uzaytiriş, balki yanada kuçaytiriş uçun signal böladi», deyiladi boşqarma Telegram kanalidagi xabarda.

Ayni paytda, Aleksandr Lukaşenko Belarus muxolifatini qöllab-quvvatlagan sportçilarni xiyonatda aybladi. Respublika rahbarining sözlariga köra, bir qator amaldagi va sobiq sportçilar «xalqaro taşkilotlarning qabulxonalarida ötirib, bizning olimpiya harakatimiz va mamlakatimizga qarşi sanksiyalar söramoqda». «Vatanga xiyonat orqali baxtga erişib bölmaydi», deya qöşimça qildi siyosatçi.