«Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoniga asosan 2021 yil 1 martdan boşlab ijro hujjatlari böyiça aliment majburiyatlarini bajariş qarzdorlar tomonidan Aliment majburiyatlarini ijro etiş va nazorat qilişning yagona axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.

Aliment majburiyatlarini ijro etiş va nazorat qilişning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari böyiça alohida bank hisob varaği bilan birlaştiriladi. Bunda MIB tomonidan ijro hujjatlari böyiça undiruvçi (aliment oluvçi) nomiga tegişli bank plastik kartasi oçiladi hamda aliment pullari, şu jumladan qarzdorning iş haqidan uşlab qolingan aliment pullari uşbu aliment majburiyatlari böyiça alohida bank hisob varaği orqali mazkur bank kartasiga ötkaziladi.

MIB Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Farrux Toşpölatovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, endilikda aliment majburiyatlari qay darajada bajarilayotganini davlat ijroçisi tomonidan mobil ilova orqali monitoring qilib boriş imkoniyati yaratiladi.

Natijada:

  • aliment undiriş töğrisidagi ijro hujjatlarining ijrosi va aliment undirilişini nazorat qiliş işlari qisman avtomatlaştiriladi;
  • aliment tölovçi va oluvçilarga qulaylik yaratiladi;
  • aliment tölovçilar masofaviy nazoratda böladi;
  • fuqarolar murojaatlari kamayadi.

Ma'lumot uçun, Majburiy ijro byurosida hozirda iş yurituvidagi 1 million 90 mingga yaqin ijro hujjatlarining 268 mingdan ortiğini (24,6 foizi) aliment tölovlariga oid ijro işlari taşkil qiladi.