Gretsiyaning Mado Samiou Architecs me'morçilik jamoasi buyurtmaga haqiqiy minimalistik durdonani yaratdi – House 6° hovlisi.

Oppoq gözallik

Yöq, bu fotomtontaj emas, loyiha ham emas. Bu qurilişi 2020 yilning noyabrida muvaffaqiyatli tugallangan rostakam hovli.

Özgaça hovli mualliflari va me'morlari Mado Samiou Architecs studiyasi jamoasi.

Yangi rezidensiya nomi House 6° bölib, u Lagonissi tumanidagi Kononaki degan mavzeda joylaşgan. Hovli Afina yaqin. U şahar peyzajidan inson qöli yetmagan tabiat landşaftlariga ötişni tamsil qiladi. 6° - inşoot aynan şu adirning tabiiy nişabligiga qarama-qarşi burçak ostida yerdan qad kötarib turadi.

Mijoz maksimal darajadagi oddiy şakldagi yaxlit monolit oq toş istagandi – me'morlar mijoz istagini qoyilmaqom qilib amalga oşirişdi. Yirik parallelipiped yunonlarning maşhur Attikasiga taşrif buyurgan sayyohlarning hayratga solib yer uzra «osilib» turibdi.

Qarorgohning original konstruksiyasi mijozga nafaqat tanholik va himoyani kafolatlaydi, balki bu hududda dam-badam esib turadigan kuçli şamollardan ham asraydi. Inşootning içki qismi kun böyi özgarib turuvçi tabiiy yoruğlik bilan ta'minlovçi oynavand şiftlar bilan qoplangan.

Interer ham ekstererning minimalizmini davom ettiradi. Undan taşqari, ba'zi içki detallar taşqilari kabi polga «çökib» ketgan. Yotoqxonaning fotolarida bu yaxşi körinadi.

House 6° aqlni oladigan, yorqin va ğayrioddiy çiqqan. Mijoz buyurtmadan köngli tölgan, arxitektura kompaniyasi esa sifatli amalga oşirilgan loyihadan ğururga töla. An'anaga köra, uy qançaga tuşgani ma'lum qilinmadi.