Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş sohasiga xususiy sektorni jalb etişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Avvalroq qabul qilingan prezident qaroriga köra, 2021 yil 1 martdan boşlab tadbirkorlik sub'yektlariga avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalar hamda avtomobil yöllarida avtomatlaştirilgan ölçov vositalari bilan jihozlangan oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar şoxobçalar örnatiş huquqi berilgan.

Taklif etilayotgan hukumat qarori loyihasiga köra, quyidagilar tasdiqlanişi kutilmoqda:

  • Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarni örnatiş va ekspluatatsiya qiliş tartibi töğrisidagi nizom;
  • Elektron auksion savdolariga qöyiş uçun maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalar örnatiladigan joylarning minimal qiymati (boşlanğiç narxi)ni belgilaş tartibi.

Belgilanişiça:

  • örnatilgan maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalar, şuningdek, oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar şoxobçalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz işlaşini ta'minlaş, şu jumladan joriy elektr energiyasi va aloqa kanallari xarajatlarini qoplaş tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan mustaqil ravişda amalga oşiriladi;
  • örnatilgan maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari hamda oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar şoxobçalar kelgusida “Xavfsiz şahar” tizimi bilan majburiy integratsiyasi ta'minlangan holda, tadbirkorlik sub'yektlari balansida qoldiriladi.

Tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalar hamda tegişli oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar şoxobçalar orqali qayd etilgan yöl harakati qoidalari buzilgani uçun jarimalar summasi quyidagiça taqsimlanadi:

a) Tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalar yordamida aniqlangan yöl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasining: