2021 yilning 1-2 mart kunlari Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiyaga amaliy taşrif bilan boradi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilişiça, muzokaralar çoğida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi Özbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlaniş istiqbollari, şuningdek, xalqaro hamda mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi özaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Tomonlar joriy yilda ötkazilişi rejalaştirilgan oliy va yuqori darajadagi qöşma tadbirlar jadvalini ham körib çiqadilar, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Abdulaziz Komilov Qirğiziston prezidenti bilan uçraşgandi.












