Eron hukumati yadro kelişuvi böyiça AQŞ va Yevropa ittifoqi bilan muzokaralar olib borişdan boş tortdi. Bu haqda ikki yuqori mansabdor diplomatga tayanib Wall Street Journal naşri xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, muzokaralar yaqin haftalarda ötkazilmaydi. Rasmiy şaxslar hozirça bu masala böyiça izoh berişmagan.

Bundan avval AQŞ xalqaro vositaçilar “oltiligi” iştiroki va Yevropa ittifoqi vositaçiligida Eron bilan yadro kelişuvi böyiça muzokaralar ötkazişga tayyorligini bildirgandi. Eron bunga javoban öziga qarşi kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinişini talab qilgan.

Avvalroq Britaniya, Germaniya va Fransiya Eronni yadro kelişuvini buzişda ayblagandi. 

2015 yilda Rossiya, AQŞ, Fransiya, Britaniya, Xitoy va Germaniya Tehronga qarşi kiritilgan sanksiyalar bekor qilinişi evaziga Eron yadro dasturining muzlatilişi böyiça Eron bilan yadro kelişuvini imzolagandi. 2018 yil mayida AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtonning uşbu kelişuvdan bir tomonlama ravişda çiqişini e'lon qilgan.