Boks böyiça sobiq mutlaq jahon çempioni Lennoks Lyuis özining ringga qaytişi ehtimoli töğrisida gapirdi. U Mayk Tayson bilan jang ötkazişni muhokama qilişga tayyorligini aytdi.
"Agar omma uşbu jangni istasa, balki buni muhokama qilarmiz. Aslida hozirda meni ringga qaytişga majbur qiladigan heç narsa yöq. Odamlar bu jangni körişni istarmikin, buni bilmayman", - deya Lyuisning sözlaridan iqtibos keltirmoqda TMZ Spors.
Eslatib ötamiz, Lyuis 2002 yilda Taysonni nokautga uçratgandi.
Ötgan yil noyabrda 54 yoşli Mayk Tayson va 4ta vazn toifasida sobiq jahon çempioni Roy Jons örtasida körgazmali boks jangi bölib ötdi. Jang durang natija bilan yakunlandi.
Ma'lumot berilişiça, Mayk Tayson va Roy Jons örtasidagi jangning pullik translatsiyalari soni bir milliondan oşgan. Uşbu jang taşkilotçilarga 50 million dollardan ortiq daromad keltirgan.












