Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bir qator şaxslarga maxsus va harbiy unvonlar berilişi haqidagi farmonni imzoladi. Jumladan, Lukaşenko farmon bilan özining tönğiç öğli Viktor Lukaşenkoga zaxiradagi general-mayor unvonini berdi.

Belarusda general va polkovnik unvonlari faqatgina prezident farmoni bilan beriladi. Aleksandr Lukaşenkoning özi esa podpolkovnik va boş qömondon unvonlariga ega. U 2019 yil kursantlar bilan suhbatda öziga polkovnik unvonini bera olmasligini aytgan.

“Men bunga loyiqligimni bilgan taqdirda ham, öz-özimni taqdirlay olmayman. Menda bunday muammo yöq. Kimnidir taqdirlaş haqidagi farmonni imzolaganda esa xursand bölaman”, deb aytgan öşanda Lukaşenko.

Belarus prezidenti öğlidan taşqari, bir qator boşqa şaxslarga general unvonlarini bergan.

26 fevralda Belarus yetakçisi öz öğli Viktor Lukaşenkoni saylaş bilan egallanuvçi lavozimga ötişi munosabati bilan milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi lavozimidan ozod qilgandi.

45 yoşli Viktor Lukaşenko Belarus Milliy Olimpiya qömitasi prezidenti etib saylangan. Bungaça 1997 yildan uşbu lavozimni Aleksandr Lukaşenko egallab kelgan. 

Belarus prezidenti öğli XOQ prezidenti etib tayinlansa, uning davlat xizmatçisi bölmasligiga va milliy xavfsizlik böyiça yordamçi lavozimidan ozod qilişga va'da bergan. Şuningdek, u hokimiyatni öğillariga, jumladan tönğiç öğliga topşirişi haqidagi gaplarni rad etgan.