Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir sutkada 200 gramm palladiy ishlab chiqariladi - OKMK kombinatda ishlab chiqarilayotgan metallar haqida ma'lumot berdi
Milliy matbuot markazida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan «OKMKda fan va ishlab chiqarish integratsiyasi. Yangi texnologiyalar va yangi mahsulotlar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
OKMK bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari Abdurashid Hasanov kombinatda ishlab chiqarilayotgan metallar, ularni olish jarayoni haqida ma'lumot berdi.
«Kombinat tomonidan yangi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, yangi innovatsion texnologiyalar hamda mahalliy xomashyolardan unumli foydalanib, nafaqat ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, balki jarayonda ishlatiladigan kimyoviy birikma va reagentlar, ehtiyot qismlarni ham o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga e'tibor qaratilmoqda.
Har bir ma'dan-ruda qazib olingandan tayyor mahsulot, deylik, toza mis holiga yetguncha 11ta jarayondan o‘tadi. Ruda tarkibida 0,35 foiz mis bo‘lsa, 100 kg rudada 350 gr mis bor, yuqoridagi 11ta jarayondan keyin dunyo bo‘yicha 220-250 gr toza mis olinadi. Agar yana 5ta jarayonni qo‘shsak oltin va kumush, unga yana 4ta jarayonni qo‘shsak, selen, telur yoki rudaning yarmidan molibden kabi metallar olish mumkin.

Hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40dan ortiq tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, 14ta kimyoviy element sof va birikma holida tayyorlanmoqda. Shundan 4tasi birikma holida (reniy, kalsiy, oltingugurt va qo‘rg‘oshin), qolgan 10tasi asl bo‘lib, mis, rux, kadmiy, oltin, kumush, palladiy, tellur, selen, volfram va molibdenlardir.
Bular ichida eksport qilinadiganlari ham mavjud. Masalan, bir sutkada 200 gr.dan ortiq toza palladiy olamiz. Uni asosan Shveytsariyaga sotamiz va bu ularni qoniqtirayotgani to‘g‘risida tashakkurnoma ham yuborishgan. Ular olmagan taqdirda ham boshqa joyga sotish mumkin, chunki nodir metall bo‘lgan palladiyning 1 grammi 76 AQSh dollari turadi.
Mazkur metallar olinadigan rudalar Sarcho‘qqi, Qalmaqir, «Yoshlik-1», shuningdek, Xondiza rux koni hamda 10ga yaqin tarkibida katta-kichik oltin bo‘lgan Chodak va Angrendagi konlardan olinadi va ishlov beriladi», deya kombinatda olinayotgan metallar haqida ma'lumot berdi Abdurashid Hasanov.
Mavzuga oid
18:23 / 12.05.2026
OKMKning xizmat avtomobili ikki o‘quvchini urib yubordi: ularning biri vafot etgan
17:00 / 30.03.2026
OKMKning Angrenliklarga ajoyib tuhfasi
17:00 / 26.03.2026
OKMK: sun’iy intellekt - yuqori sifat, aniq nazorat va tejamkorlik kaliti
09:00 / 21.03.2026