Assotsiatsiya vakilining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga köra, vebinarda Germaniyadagi tadqiqot institutlarida işlayotgan özbekistonlik olimlar “COVID-19 davridan keyingi organik qişloq xöjaligi”, “Oziq-ovqat xavfsizligiga erişişda suv tejamkor suğoriş texnologiyalari” kabi mavzularda ilmiy-ommabop ma'ruzalari bilan qatnaşgan.

Qayd etilişiça, qişloq xöjaligi Özbekiston iqtisodiyotida eng muhim soha bölib qolmoqda va yalpi içki mahsulotning 28,2 foizini taşkil etadi.

«Kuzatilayotgan özgarib turuvçi tabiiy iqlim, aniq bir me'yorga ega bölmagan yoğinlar, sovuq qiş va yozning quruq issiği ekinlar hosildorligining bir maromda oşişiga salbiy ta'sir etmoqda.

Şuning uçun ham hozirgi kunda respublikamizda dehqonçilikni yanada rivojlantirişda resurs tejovçi texnologiyalar böyiça ilmiy tadqiqotlarning yangi usullarini yaratiş va işlab çiqarişga joriy etiş zaruriyati mavjud.

Uşbu vebinar qişloq xöjaligining dolzarb masalalari va muammolarini ilmiy tomondan hal etişda yoş olimlar va vebinar iştirokçilari uçun ilmiy tadqiqot işlarini bajarişda foydali böladi», deyiladi assotsiatsiya ma'lumotida.

«Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berişning vaqtinça uzilişi kam daromadli oilalarga kuçli salbiy ta'sir körsatmoqda»

Nodir Jonibekov

Ötiş davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qişloq xöjaligini rivojlantiriş Leybnits instituti (IAMO) professori Nodir Jonibekov pandemiyadan keyingi qişloq xöjaligini rivojlantiriş istiqbollari haqidagi ma'ruzasida pandemiya şaroitida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib berişdagi tösiqlar, Özbekistonda fermer xöjaliklari rivojlanişidagi muammolar haqida öz izlanişlari bilan örtoqlaşdi.

«COVID-19 barqaror rivojlaniş maqsadlariga (SDG) erişişga katta ta'sir körsatyapti. Rivojlanayotgan davlatlarda COVID-19’ning qişloq xöjaligiga ta'siriga doir misollardan biri bu oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş kanallarining vaqtinça uzilişidir. Bu, asosan, eng kam daromadli oilalar uçun kuçli salbiy ta'sir körsatib kelmoqda.

COVID-19’ning tarqalişiga qarşi çora-tadbirlar fermerlar va dehqonlar mahsulotlarini mahalliy bozorlarga, dökonlarga yoki yaqin şaharlarga yetkazib berişida qiyinçiliklarga olib keldi.